23 noy 12:34
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/49108_220.jpg)
Rossiyalik bokschi Lomachenkoga qarshi jang o'tkazish istagini bildirdi
Rossiyalik engil vazn toifasidagi bokschi Isa CHaniev ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoga qarshi jang o'tkazmoqchi.
Etiborlisi, bu jangning o'tkazilish imkoniyati yuqori. Buning uchun 26 yoshli CHanievning ushbu yo'nalishda IBF chempioni bo'lishi talab etiladi. Isa IBF chempionlik kamari uchun ganalik Richard Kommiga qarshi ringga ko'tariladi. Bu jang 2 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Vasiliy Lomachenkoning o'zi esa 1 dekabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida Xose Pedrasaga qarshi birlashtiruvchi chempionlik kamari uchun kechadigan jangda ishtirok etadi. CHaniev va Lomachenko o'z janglarida g'alaba qozongan taqdirlarida bir-birlari bilan to'qnash kelishlari mumkin.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar