31 iyu 13:45
Yangiliklar
Og'ir atletika, Tokio-2020
Rossiyalik og'ir atletikachilar appelyaciya berishdi
Xabar berganimizdek, Xalqaro og'ir atletika federaciyasi (IWF) Rossiya terma jamoasini Rio-2016 o'yinlaridan chetlatgan edi.
Tashkilotning bu qaroriga Rossiya og'ir atletika federaciyasi o'z etirozini bidirdi. Ular Xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilib, ishni qaty ko'rib chiqishni talab qilishdi. Rio-2016 Olimpiya o'yinlarida Rossiya sharafini 8 nafar og'ir atletikachi himoya qilishi ko'zda tutilgandi.
Bundan tashqari, rossiyalik og'ir atletikachilarning Pekin-2008, London-2012 o'yinlaridagi doping-probalari yana tekshirib chiqilgan va yaqin orada ushbu Olimpiadalarda qo'lga kiritilgan medallar bekor qilinadi.
Bu hali hammasi emas. Sportchilardan tashqari, texnik qo'mitaning rossiyalik hodimlari ham Rio-2016 o'yinlarida ishtirok etmaydilar.
Havola :
Fikrlar