10 may 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Rossiyalik sportchi Konor Makgregorga: "MakKokain - sen yagona qo'rqoq kalamushsan"
Rossiyalik UFC jangchisi Mayrbek Taysumov Konor Makgregorni giyohvand deb atadi.
"MakKokain - sen yagona qo'rqon kalamushsan. Sen bu rasmda o'tirvolib yig'layotkaningni ko'rish mumkin. Sening qo'lingdan faqat avtobusga hujum qilish, telfonni sindirish va kokainli yo'lakcha tayyorlash keladi. Sen giyohvandsan. Sen bilan qachondir yuzma-yuz ko'rishamiz degan umiddaman", - deb yozib qoldirdi Taysumov.
Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Konor Abu-Dabida bo'lib o'tadigan turnirda rossiyalik olti nafar jangchini oktagonga ko'tarilishini tanqid qilib, ularni «Meldonium jamoasi» va «isqirt kalamushlar» deb atagandi. Keyinchalik bu postni Konor o'chirib yuborgan.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar