01 apr 15:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyalik sportchi UFC'da Qozog'iston nomidan jang qilmoqchi
Rossiyalik Artyom Belax (11-2) UFC'ga o'tish arafasida ekani va Ligada Qozog'iston sharafini himoya qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
— UFC bilan muzokaralar davom etyaptimi?
— Albatta. Men zaxira varianti sifatida hisoblashlari uchun atayin Las-Vegasga ko'chib o'tdim.
— Siz UFC'da Qozog'iston nomidan jang qilasizmi?
— Ha.
— Bir nechta manbalarda sizni rossiyalik jangchi sifatida ko'rsatishadi.
— Men Qozog'istonda, Erementauda tug'ilib o'sganman va 18 yoshimgacha o'sha erda yashaganman. Professional faoliyatimni Rossiyada boshlaganman", deydi sportchi.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar