09 avg 09:10
Yangiliklar
Rossiyalik sportchilar yana bir turnirdan chetlatildi
Butunjahon og'ir atletika federaciyasi rossiyalik sportchilarning JCH-2023 musobaqalarida ishtirok etishiga ruhsat bermadi.
Ijro qo'mitasi ishtirokchilarining arizalarini baholagan holda ushbu qarorga kelindi.
Ushbu turnirda belaruslik sportchilarga neytral maqomi berilgan holda ishtirok etishlariga ruhsat etildi. Ro'yxatdan 20 nafar "neytral" joy oldi: ulardan 12 nafari sportchilar bo'lsa, 7 nafari personallar, shuningdek, bir kishi texnik hakam sifatida ro'yxatga olindi.
May oyida Butunjahon og'ir atletika federaciyasi rossiyaliklar va belarusliklarning neytralitetlik deklaraciyasiga qo'l qo'yishsagina ularga musobaqada qatnashish uchun yo'l ochilishini malum qilgandi.
SHu orqali rossiyalik og'ir atletlar ketma-ket ikkinchi jahon chempionatini o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, og'ir atletika bo'yicha JCH-2023 2-17 sentyabr kunlari Ar-Riyod shahrida o'tkaziladi.
Fikrlar