06 jan 16:28
Yangiliklar

Rossiyalik uch sportchi Bellator bilan shartnomasini uzaytirdi
Gap Sergey Xaritonov, Vadim Nemkov va Anatoliy Tokov haqida bormoqda. Hozircha yangi kelishuv o'z ichiga nechta jangni olishi haqida aniq malumotlar yo'q.
Sergey Xaritonov Bellator bayog'i ostida uchta jang o'tkazgan. So'nggi jangida Roy Nelsonni muddatidan avval mag'lub etdi. Xaritonov keyingida jangida Mett Mitrion bilan to'qnash keladi.
Vadim Nemkov ham “Bellator”da uchta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alabaga erishgan. So'nggi jangini o'tgan yilning noyabr oyida Fil Devisga qarshi o'tkazib, g'alaba qozongan.
Etiborlisi, Anatoliy Tokov ham hamyurtlari singari Bellator oktagonida uchta jang o'tkazgan. Hozircha oxirgisi bo'lib turgan jangida vatandoshi Aleksandr SHlemenkodan ustun kelgandi.
Fikrlar