17 dek 14:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Rossiyalik UFC jangchisi tashkilotdan haydaldi
Engil vazn toifasida (70 kg gacha) jang qiluvchi rossiyalik Vyacheslav Borshhyov (8-7) UFC tashkilotidan haydaldi.
Bu haqda liganing matbuot xizmati xabar berdi.
Vyacheslav Borshhyov 33 yoshda. U 2019 yilda professional MMA jangchisi sifatida debyut qilgan, 2022 yildan beri UFC’da jang qilib kelayotgan edi. U tashkilotda u uchta g'alaba, oltita mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan.
Oxirgi jangini u noyabr oyida Nyu-York (AQSH)da bo'lib o'tgan UFC 322 turnirida o'tkazib, uch raund yakuniga ko'ra braziliyalik Mateus Kamiloga yutqazgan edi. Bu mag'lubiyat Borshhyov uchun ketma-ket uchinchisi bo'ldi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar