03 jan 08:10
Yangiliklar
Boks/MMA

Rouzining onasi qizining ortiq jang qilmasligini istayapti
Aralash qoidalar bo'yicha engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Ronda Rouzining onasi Anna Mariya Demars qizining faoliyatini yakunlashini maslahat berdi.
“Qizimning ortiq jang o'tkazmasligini va faoliyatini yakunlashini istayman. Qaysi ota-ona qizining kaltaklanishini xohlaydi? Rondaning kino, prodyusser va yozuvchilikda istedodi yuqori va u bemalol bu sohalarda yuqori cho'qqilarni zabt etishi mumkin. Men unga bu haqda faoliyatini boshlayotgan paytdayoq aytganman”, - dedi Demars.
Eslatib o'tamiz, Ronda Rouzi 30 dekabr kuni Las-Vegas shahrida bir yillik tanaffusdan so'ng jang o'tkazib, amaldagi chempion braziliyalik Amanda Nunesga 48-soniyadayoq nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. Bu uning ketma-ket ikkinchi mag'lubiyati edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar