27 iyu 11:31
Yangiliklar
Boks/MMA
Roy Jons kimga muxlislik qiladi?
To'rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons hozirgi vaqtda qaysi bokschilarga hurmati baland ekanligini aytdi.
«Gennadiy Golovkin, Saul Alvares, Vasiliy Lomachenko, Terens Krouford kabi bokschilar ishtirokidagi janglarni ko'rish yoqadi. Lomachenko va Krouford - mening eng sevimli bokschilarim. SHuningdek, menga superog'ir vazn toifasidagi janglarni ham tomosha qilish yoqadi. Endi Ruis - bu vaznning yangi yulduzi, uni ancha vaqtdan beri kuzatib kelaman.
Ruisdan tashqari, Joshua hamda Uaylder janglarini tomosha qilish maroqli. Imkonim bo'lganida, Lomachenko va Kroufordning promouteri bo'lardim. Hozirgi davrda ularga teng keladigan bokschi yo'q. Ular kim bilan jang qilishlaridan qatiy nazar, raqiblarini yakson qiladilar»,-dedi kichik Jons.
Havola :
Manba : boxingnews24
Fikrlar