So’nggi yangiliklar

11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0 17:17Расман! Тим Цзю Эрисланди Лара билан WBA камари учун жанг қилади 0 17:06Ўзбекистонда 10 минг қадам юрган фуқаролар қимматбаҳо совғалар билан тақдирланиши мумкин 0 16:35Рафинья де Мигелнинг ўлими ҳақида: "Бу ҳар ким билан содир бўлиши мумкин" 0 16:04Жалгасбай Бердимуратовнинг PFL Moscow турниридаги рақиби аниқ бўлди ПОСТЕР 0 15:31Жон МакКарти UFC ҳакамларининг гонорарларини очиқлади 0

05 iyu 09:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Roy Jons qaysi shartlar evaziga Fedor Emelyanenko bilan jang qilishga rozi bo'lishini aytdi

Yarim og'ir vazn toifasida sobiq mutlaq chempion kichik Roy Jons "Match TV"ga bergan intervyusida moliyaviy tomonlama rozi qilishsagina, Fedor Emelyanenko bilan jang qilishini aytdi.

2021 yili Jons va Fedor ko'rgazmali jang qilishga tayyorligini aytishgandi. Juma kuni Emelyanenko yana bir bor o'z istagini tasdiqladi: "Eshitdim, Roy men bilan jang qilmoqchi ekan. Yomon g'oya emas, bu menga ham qiziq tuyulmoqda".

- Ha, qiziqishlar bor, biroq, albatta, pullar bilan barchasi joyida bo'lishi kerak. Ikki afsonani ringga tashlab qo'yib, kam maosh to'lashdan esa mantiq yo'q, - dedi Jons "Match TV"ga bergan intervyusida Fedorning gaplariga javob sifatida.

Bir oylar muqaddam Jons "Match TV" bilan suhbatda: "Fedor bilan faqatgina katta pullar evaziga jang qilishim mumkin. CHunki anchagina qaridim, charchab qoldim", deb malum qilgandi. Kichik Roy Jons hali biror marta boksdagi faoliyatini yakunlaganini malum qilgani yo'q. Biroq u moliyaviy tomondan qanoatlantirilsagina boksga tushishini aytmoqda.

To'rt vazn toifasiga ko'ra sobiq chempionning hisobida 66 g'alaba (47 nokaut) va 10 mag'lubiyat bor. Jons o'zining so'nggi jangini 2021 yilning noyabrida o'tkazgan va shu ham ko'rgazmali jang bo'lgandi. O'shanda u Mayk Tayson bilan durang qayd etgandi. Aprel oyida esa u UFC sobiq chempioni Entoni Pettisga mag'lub bo'ldi.

46 yoshli Fedor Emelyanenko esa MMAda 40 g'alaba va 7 mag'lubiyat qayd etgan. Fevral oyida u Rayan Beyderga mag'lub bo'ldi va faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing