16 iyu 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/76531_220.jpg)
Roy Jons va Nikolay Valuev Qizil maydonda master-klass o'tkazishadi
21-22 iyul kunlari Moskva shahrida Xalqaro boks kuniga bag'ishlangan tadbir tashkil etiladi.
Mazkur katta tadbirning markazi Qizil maydonda tashkillashtiriladi. O'sha kuni boks olamining mashhur insonlari Roy Jons, Nikolay Valuev kabi yulduzlar maydonda master-klass ko'rsatishadi. Tadbirga 5000 dan ortiq odam ishtirok etishi kutilmoqda.
SHuningdek, 22 iyul kuni Qizil maydonda professional boks oqshomi ham o'tkaziladi. Kechaning markaziy jangida sobiq jahon chempioni Fyodor CHudinov (20-2 14 KO) amerikalik Mayk Gavronski(25-3-1)ga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : TACC
Fikrlar