25 okt 10:17
Yangiliklar
Tennis
Rublyov Erste Bank Open turnirida muvaffaqiyatli start oldi
Avstriyaning Vena shahri nufuzli ATP turniriga mezbonlik qilmoqda.
Dunyoning sakkizinchi raketkasi Andrey Rublyov Erste Bank Open turnirining ilk davrasida reytingning 21-pog'onasida borayotgan argentinalik Diego SHvarcmanni 6/4, 6/1 hisobida mag'lub etdi.
Tennischilarning o'zaro uchrashuvlarida rossiyalik 3:1 hisobida oldinda boryapti. To'qson uch daqiqa davom etgan bahsda Rublyov 7 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirgan. Endi u chorak final yo'llanmasi uchun bolgariyalik Grigor Dimitrov yoki braziliyalik Tiago Monteyroga qarshi kortga chiqadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar