12 iyu 14:40
Yangiliklar
Boks/MMA
Ruis: "Bir yil oldin pulim yo'q edi, endi esa Meksika prezidenti bilan uchrashuv o'tkazdim"
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni Endi Ruis o'z vaqtida puli bo'lmagani sabab boksdan ketishi mumkin bo'lganligini aytdi.
"Men juda xursandman. Bir yil oldin boksdan ketmoqchi bo'lgandim, moliyaviy muammolarim bor edi. Biroq, ko'chada yashashni istamasdim. Bolaligimda yomon ishlar qilgandim, o'shanda otam meni ko'chadan izlardi va mashg'ulotlarga olib borardi. Agar boks bo'lmaganida men ko'chada qolardim. Otam va boks sababli men ko'p narsaga erishdim.
Meksika prezidenti bilan uchrashganimda hayajonlandim. U bilan huddi qarindoshlardek suhbatlashish mumkin edi. Kelajakdagi rejalarim haqida gapiradigan bo'lsam, avval Entoni bilan revansh o'tkazishim, keyin esa Uaylder haqida o'ylashim lozim", - dedi Endi Ruis.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar