30 iyu 16:44
Yangiliklar

Ruis Joshua bilan revanshga vazn tashlaydimi?
Ruisning so'zlariga qaraganda, Joshuaga qarshi kechgan ilk jangda uning vazni 121 kilogramm bo'lgan. Ruis revansh jangida 113-115 kilogramm vaznga ega bo'lmoqchi.
"Revansh jangida ham g'alaba qozonishim uchun yana ham kuchliroq va tezkorroq bo'lishim kerak. Lekin buning uchun sezilarli darajada vazn tashlamoqchi emasman. Semiz holatimda ham tarixiy natijaga erishdim. Endi biroz o'zimga qarab olishim talab etiladi. Eng muhimi, koncentraciyani yo'qotmaslik", - dedi Ruis USA Today nashriga bergan intervyusida.
Malumki, Ruis shirinliklarni, xususan shokoladni juda ham sevib istemol qiladi. Joshuaga qarshi jangdan so'ng uni "Snikers" reklamasiga taklif ham qilishdi. O'sha jangdan keyin u bir dona ham shokolad batonchigini istemol qilgani yo'q. SHuning o'ziyoq uning vazniga etibor qarata boshlaganidan darak beradi.
Fikrlar