12 iyu 12:43
Yangiliklar

Ruis Joshuaga qarshi revansh Meksikadagi katta stadionda o'tkazilishini istamoqda
Bir necha kun oldin Ruis Meksikadagi "Oq uy"ga tashrif buyurib, u erda Prezident Andres Manuel Lopes Obrador bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda Ruis Joshuaga qarshi revansh jangni Meksikada o'tkazish istagida ekanligini aytib o'tdi.
"Men revansh Meksikadagi "Acteka" stadionida o'tkazilishini istardim. Ushbu jang tarixiy ahamiyatga ega bo'lardi. "Acteka" xech qachon superog'ir vazn toifasidagi janglarga mezbonlik qilmagan", - dedi Ruis.
Malumot uchun, mamlakatning futboldagi bosh arenasi 1993 yilda Xulio Sezar CHaves va Greg Xaugen o'rtasidagi jangga mezbonlik qilgan. O'shanda CHaves raqibini beshinchi raundda nokautga uchratib, engil vazn toifasidagi kamarini himoya qilgan. Stadionga esa 132 247 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu boks janglari uchun rekord hisoblanadi.
Fikrlar