14 iyu 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Ruis WBO kamaridan mahrum qilinmaydi, bu gapni prezident aytdi
Butunjahon boks tashkiloti (WBO) Endi Ruisni jahon chempionlik kamaridan mahrum qilmaslikka qaror qildi.
WBO o'z bayonotida meksikalik bokschining sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga qarshi revansh jangi o'tkazishi uchun to'sqinlik qilinmasligini aytgan. Bu borada Ruisning zimmasiga hech qanday majburiyat va shart qo'yilmaydi. Bir muddat avval Ruis Joshua bilan revansh jangiga rozilik bersa, uning WBO kamari vakant bo'lishi aytilgan edi.
"Bu hech qanday asosga ega bo'lmagan malumot. U endigina chempionlik kamarini qo'lga kiritdi. Hali xursandchilikni to'la his qilib ulgurmasidan kamarini olib qo'yamizmi? Albatta, yo'q!", - dedi WBO prezidenti Fransisko "Pako" Valkarsel.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar