11 iyu 09:42
Yangiliklar
Boks/MMA

"Ruis yaxshi bokschi, ammo u Vladimir Klichko emas"
Taniqli promouter Bob Arumning fikricha, Entoni Joshua Endi Ruisga qarshi hozircha jang qilmasligi lozim.
"Jang bunday yakunlanishini kutmagandim. Endi yaxshi bokschi, uning qo'llari va oyoqlari tezkor. Ammo, uning deyarli zarbasi yo'q.
U kuchsiz bokschilarga qarshi jang qilgan, ularni mag'lub etgan, biroq nokaut qila olmagan. U Joshuadek bokschini nokautga uchratgani meni shokka tushirdi.
Ruis ajoyib yigit, yaxshi bokschi. Ammo, u Vladimir Klichko emas. Joshua Klichkoga qarshi jangda kuchli zarbalarga turib bera olgan va keyin raqibini nokautga uchratgan. Ruis qanday qilib g'alaba qozondi? Menimcha, o'sha kun haqiqiy Joshua emasdi. Bazida shunday bo'lib turadi. Balki u etarli darajada tayyorgarlik ko'ra olmagandir", - dedi Bob Arum.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar