So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

14 iyu 18:05
Yangiliklar

Og'ir atletika, Futbol

Ruslan Nuriddinov: "Eng ko'p maoshni futbolchilar oladi. Ularga yana nima kerak?"

Xabar berganimizdek, bugun og'ir atletika bo'yicha Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Ruslan Nuriddinov saytimiz mehmoni bo'lgan edi.

Olimpiada rekordchisi bilan suhbatimiz bir soatcha davom etdi. Keyin jarayon dastxat ulashish va fotosessiyaga ulanib ketdi. Suhbat turli mavzularda bo'lib, ularning eng qiziqarlilarini etiboringizga havola qilib boramiz. Dastlab, futbol mavzusi...

- Men shuni aniq bilamanki, Angliya klublarida umumjismoniy tayyorgarlik bo'yicha alohida mashg'ulot o'tkaziladi, - deb so'z boshladi sportimiz iftixori. – Futbolchilar majburiy ravishda trenajer zalida ishlashadi va murabbiylar bu jarayonga jiddiy tarzda etibor qaratishadi. Bilishimcha, klublarimizning hammasida ham bunday emas ekan. Xatto ayrim grand klublarimizda umumjismoniy tayyorgarlik futbolchilar uchun ixtiyoriy ravishda berilgan. 


Trenajer zalidagi har bir mashg'ulot futbolchining malum bir mushaklarini rivojlantirish uchun mo'ljallangan bo'ladi. Tez yugurish uchun oyoq mushaklari baquvvat bo'lishi shart. Bizning futbolchilar nima uchun uzog'i bilan 60 daqiqadan so'ng charchab qolyapti? Sababi, oyoqda kuch yo'q. Tomir tortishlar ham shundan. Zarbalarni ham ko'ryapsiz qanday holda berilmoqda. Faqat kross yugurish bilan futbolchi mukammallikka erishmaydi.

Yaqinda saytingizda Ruslan CHagaev mehmon bo'lganida Germaniyaning “SHalke-04” klubiga master klass, yani mahorat sabog'i o'tkazgani haqida o'qidim. Juda qiziq loyiha. Agar menga oliy liga jamoalarimiz shunday taklif bilan chiqishsa, bunga rozi bo'larmidim? Menimcha, bu qo'limdan kelmaydi. CHunki, men futbolga qiziqmayman. SHuning uchun, bu yo'nalishda maxsus mutaxassisning ishlagani maqul.


Bilasizmi, eng ko'p maoshni aynan futbolchilar olishadi. Ularga yana nima kerak? Lekin natija yo'q. Balki, futbolchilar bilan ham xuddi bizda bo'lgani kabi munosabatda ishlash kerakdir. Yani, oldin natija, keyin pul. Tasavvur qiling, O'zbekiston chempioni bo'lgan futbolchiga mashina berilyapti. O'x-xo', agar og'ir atletikada ham shunday bo'lsa, mening mashinalarim soni qanchaga etardi? Masalan, menga jahon chempioni bo'lganimdan keyin mashina berishgan. 

Endi etibor bering, futbolchilarimiz jahon chempioni bo'lishdi. Ularga mars sayyorasini sovg'a qilisharkan-da! Bu narsaning amalga oshmasligi aniq. CHunki, biz hali jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kirita olmayapmiz. Men shunchaki taqqoslash uchun bu misolni aytdim.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
14 iyu 23:34:55
Shahzod_sms
Respect.. Professionalde ming qisayam..
+1   
14 iyu 22:15:31
cайфэ-cнайпер
Руслан, думаю ты уже наверно нажил себе некоторых недругов среди наших футболистов. Согласен с тобой, что Марс им не видать ещё до 3000 года!
+1   
14 iyu 21:01:30
Kaká
Judayam zo`r fikrlar !!!
+1   
14 iyu 19:02:12
СПОРТ
Уларни пулини Бабаян олади шунинг учун уйнамайди.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing