17 iyu 10:57
Yangiliklar
Ruslan Nuriddinov: "Og'ir atletikani Olimpiadadan olib tashlash? Bu birinchi marotaba bo'layotgan gap emas!"
Rio Olimpiadasi chempioni Ruslan Nuriddinov Baxning ushbu bayonotiga o'z munosabatini bildirib o'tdi.
"Bu birinchi marotaba emas. Umid qilamanki, oxirgi marotaba ham emas. CHunki, sportning ushbu turi Olimpiadada azaldan bor. Agar og'ir atletika Olimpiadadan chiqib ketadigan bo'lsa, juda noto'g'ri bo'ladi.
Avvalroq, kurashni ham Olimpiadadan chiqarib tashalandi degan gap paydo bo'lgandi. Aniqki, muxlislar bunga qarshi bo'ladilar.
Bax bunday gaplarni ikkinchi yoki uchinchi marotaba aytmoqda.
Lekin, tan olish kerakki, og'ir atletika ham, kurash ham ko'p muxlislarini yo'qotgan. Butun dunyo faqat futbol bilan yashay olmaydi. To'g'ri, futbolni barcha sevadi. Ammo, boshqa sport turlari ham bor", - deydi Olimpiada chempioni Ruslan Nuriddinov.
Fikrlar