09 noy 21:31
Yangiliklar
Ruslan Nurudinov jahon chempionatida supachaga chiqdi
Bundan bir necha daqiqa avval -109 kg vazn toifasidagi atletlar o'rtasidagi bahslar yakunlandi. Ushbu vaznda Rio Olimpiadasi chempioni va rekordchisi, Osiyo o'yinlari g'olibi ham rekordchisi Ruslan Nurudinovning chiqishi ko'pchilikni qiziqtirayotgandi.
Afsuski, bu safar hamyurtimiz kutilgan natijani qayd etmadi. U dast ko'tarishdagi uchchala imkoniyatdan ham foydalana olmadi. Bu sport, har safar ham o'ylagan narsalar amalga oshavermaydi. Ruslan siltab ko'tarishda 227 kg og'irlikni o'ziga bo'ysundirib, bronza medali bilan kifoyalandi.
Polshalik Arkadius Mixalskiy 228 kg bilan kumush medalni qo'lga kiritgan bo'lsa, armanistonlik Simon Martirosyan jahon rekordi - 240 kg bilan oltin medalga ega chiqdi. Aynan uning o'zi ikki kurash yakunlariga ko'ra 435 kg natija bilan jahon chempioniga aylandi. Bu ham jahon rekordi hisoblanadi.
Fikrlar