So’nggi yangiliklar

19:23Ислом бирдамлиги ўйинлари: мусобақа тарихи ва Ўзбекистоннинг иштироки қандай бўлган? 0 19:01Расман: Жанибек Алимханулининг Лара билан жанги санаси тасдиқланди 0 18:39Бу қизиқ! "Ливерпуль" истеъдоди 16 дақиқада 2 та қизил карточка олди 0 18:17Перейранинг мураббийи: "Чимаев ажойиб, лекин..." 0 17:512026 йилги Олимпиада ташкилотчилари шоҳсупа дизайнини намойиш этишди (ФОТО) 0 17:25Асадбек Саидов кейинги жангини тожикистонлик Фазлиддин Мадраҳимовга қарши ўтказиши мумкин (ВИДЕО) 0 17:01Ямаль энди аввалгидек ўйнолмайдими? 0 16:39Ўзбекистонлик бодибилдерлар халқаро турнирда совриндор бўлди (ФОТО) 0 16:18"Яхши формадаман". 46 ёшли Мэнни Пакьяо рингга қайтишга тайёрлигини маълум қилди 0 15:56Таэквондо. Нажмиддин Қосимхожиев Жаҳон чемпиони! 0 15:31Винисиус "Эл Класико"даги иши учун узр сўради 0 15:10Жейк Пол: "Жервонта Дэвисга қарши жанг олдидан қўрқяпман" 0 14:49Қозоғистон Президенти Шавкат Раҳмоновни орден билан тақдирлади + ФОТО 0 14:28Афсонавий Муҳаммад Алининг набираси проф рингда жанг ўтказди 0 14:07Суперлига. Бугун навбатдаги турга старт берилади 0

14 dek 21:28
Yangiliklar

Og'ir atletika

Ruslan Nurudinov o'zi o'rnatgan Jahon rekordini yangilagan holda uch karra Jahon chempioniga aylandi!

Bahraynda yakuniga etib borayotgan og'ir atletika bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi o'z ishtirokini yakunladi.

Yurtdoshlarimizning chiqishiga Olimpiada chempioni Ruslan Nurudinov ajoyib nuqta qo'yib berdi.

-109 kg vazn toifasida ishtirok etgan yurtdoshimiz dast ko'tarish mashqida 182 kg bilan beshinchi o'rinni band etgan bo'lsa ham, siltab ko'tarish dasturida yuksak mahorat ko'rsatib, 242 kg bilan 3 yil avval Toshkentda o'zi o'rnatgan jahon rekordini yangilashga va oltin medalni qo'lga kiritishga erishdi. SHu tariqa, uning umumiy hisobda qayd etgan 424 kg natijasini hech bir atlet yangilay olmadi va Nurudinov uchinchi bor ikki kurash bo'yicha jahon chempionligiga erishdi.

Dast ko'tarish yo'nalishida oltin medalga ega chiqqan SHarofiddin Amriddinov siltab ko'tarishda 212 kg bilan oltinchi, umumiy hisobda esa 396 kg bilan beshinchi bo'ldi. SHundan bo'lsa ham, barcha yo'nalishlardagi oltin medallar O'zbekiston terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

SHu tariqa, O'zbekiston terma jamoasi ushbu dunyo birinchiligini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing