01 may 08:08
Yangiliklar
Ruslan Nurudinov yana shohsupaning yuqori pog'onasida
Mazkur turnir Osiyo/Okeaniya mintaqasining etakchi atletlari uchun yilning muhim startlari — Osiyo o'yinlari hamda Jahon chempionati oldidan muhim tayyorgarlik bosqichi sifatida etirof etildi.
Musobaqaning eng ko'p qiziqish uyg'otgan yo'nalishlaridan biri -110 kg vazn toifasidagi bahslar bo'lib, unda chempionlik uchun raqobat ikki atlet — hamyurtimiz Ruslan Nurudinov hamda qozog'istonlik Artyom Antropov o'rtasida kechishi kerak edi. Ammo 2024 yilgi jahon chempioni hisoblangan Antropov viza muammosi sabab orol davlat Samoaga etib bora olmadi.
Olimpiada va Jahon chempioni hamda rekordchisi Ruslan Nurudinov ikkikurash natijasiga ko'ra 400 kg natija bilan musobaqa chempionligini qo'lga kiritdi. Hamyurtimiz dast ko'tarishda 178 kg, siltab ko'tarishda 222 kg og'irlikni o'ziga bo'ysundirdi.
"47 soat parvozdan keyin, bor yo'g'i bir kun mashg'ulot o'tkazib, ikki kurashda 400 kg natija qildim. Boriga shukur!", - dedi Nurudinov.

Fikrlar