25 may 07:44
Yangiliklar
Og'ir atletika

Ruslan Rahmatjonov jahon chempionatida tengsiz bo'ldi!
Peru poytaxti Lima shahri og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugungi kun terma jamoamiz uchun omadli boshlandi.
Bundan biroz avval o'smirlar o'rtasida -81 kg vazn toifasi “A” guruhida supachaga chiqqan hamyurtimiz Ruslan Rahmatjonov dast ko'tarishda 139 kg natija bilan kumush, siltab ko'tarishda 172 kg natija bilan oltin hamda ikkikurash yakuniga ko'ra 311 kg natija bilan oltin medalga sazovor bo'ldi.
Ruslan Rahmatjonovning natijasi:
Dast ko'tarish: 139 kg (kumush)
Siltab ko'tarish: 172 kg (oltin)
Ikkikurash: 311 kg (oltin)
Havola :
O’xshash yangiliklar
15:59
FIDE reytingi yangilandi, Abdusattorov kuchlilar qatorida, TOP-100'da 5 nafar hamyurtimiz bor 0
Fikrlar