So’nggi yangiliklar

07:44Ишонасизми? Мақтанчоқ Баттл 6 та жангда 3-маротаба вазн қила олмади 0 07:23Нурсултон Рўзибоев қандай қилиб Хамзат Чимаевнинг йиғинига қўшилганини айтди 0 07:02АПЛ старт олди: "Ливерпуль" мавсумни қийин ғалаба билан бошлади 0 22:12Нурсултон Рўзибоев иштирокидаги жанг бекор бўлди 0 20:00UFC медиаҳуқуқларни 8 миллиард долларга сотди. Қандай қилиб бунчалик кўп? 0 19:2693 ёшли Дон Кинг супероғир вазнда камар учун кечадиган жангни анонс қилди 0 19:05"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади 0 18:44Усик WBO`дан мажбурий ҳимоя муддатини кечиктиришни сўради 0 18:23Дана Уайт: "Жонсдан кўра Конорга кўпроқ ишонаман" 0 18:02Коко Гофф Цинциннати турниридаги юришини давом эттирмоқда 0 17:41Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа 0 17:20Дюплантис 13-маротаба жаҳон рекордини янгилади 0 16:59Фундора — Турман жанги санаси ўзгарди 0 16:38Хоккей бўйича ёшлар терма жамоамиз илк хорижий йиғинига жўнаб кетди 0 16:17Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин 0

20 iyu 16:51
Yangiliklar

SHaxmat

Rustam Qosimjonov Evro-Osiyo turnirida 12-o'rinni egalladi

Qozog'istonning Almati shahrida shaxmat bo'yicha Evro-Osiyo turniri yakunlandi. Ikki kunlik nufuzli musobaqa blic yo'nalishi bo'yicha o'tkazildi.

Unda jami 104 nafar sportchi ishtirok etdi. Ularning 62 nafari grossmeyterlardir. Yigirma ikki partiyadan iborat turnirda yurtimizning  ko'zga ko'ringan vakillari ham ishtirok etishdi.

Ular orasida Rustam Qosimjonov, Jahongir Vohidov, Tohir Vohidov kabi etakchi sportchilarimizni takidlash o'rinli. SHveycarcha tizimda o'tkazilgan turnir yakunida tojikistonlik Farrux Amanotov 16 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

Etiborlisi, u dunyo reytingida etakchilar safida borayotgan ozarboyjonlik SHaxriyor Mamadiyorovni ikki bor mag'lub etdi. SHuncha ochko jamg'argan rossiyalik grossmeyster Yan Nepomnyashiy esa ikkinchi o'rinni band etdi. Peshqadamlardan yarim ochko ortda qolgan gruziyalik Baadur Jobava kuchli uchlikka yakun yasadi.

Vakillarimiz orasida eng yaxshi natijani 14 ochko jamg'argan Rustam Qosimjonov qayd etdi – 12-o'rin. Bu borada Ruslan Ponomaryov, Rauf Mamedov, SHaxriyor Mamadiyorov, Van Xao, Aleksandr Girishuk kabi jahonning etakchi grossmeysterlari yanada quyi o'rinlardan joy olishdi.

Musobaqa g'olibiga 30 ming AQSH dollari, ikkinchi o'rin sohibiga esa 20  ming dollar taqdim etildi.



Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing