25 fev 08:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Rustam To'laganov 10 raundlik jang o'tkazadi
Bu haqida bokschimiz "Sport TV" kanaliga bergan intervyusida malum qildi.
Unga ko'ra, hamyurtimiz 4 aprel kuni Rossiyaning Sochi shahrida o'tkaziladigan jang oqshomida ringga ko'tariladi. O'sha jang 10 raunddan iborat bo'ladi va katta ehtimol bilan mintaqaviy kamarlardan biri uchun bo'ladi. Lekin, hozircha o'sha kungi raqib nomalum.
To'laganovning malum qilishicha, promouterlar bilan shartnoma bo'yicha, 6 ta jangdan 2 tasi AQSHda o'tkazilishi lozim. Eslatib o'tamiz, ayni paytda u Rossiyaning "Patriot Boxing" promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar