28 fev 09:02
Yangiliklar

Ryabinskiy Kanelo - Bivol jangi haqida: "Bu ertami-kechmi, baribir bo'lishi kerak edi"
"Bu juda raqobatga boy, qiziqarli jang bo'ladi. Bu jang tashkillashtirilayotganidan juda xursandman, bu Dmitriy uchun katta imkoniyat. Tashkilotimiz faoliyatini boshlaganidan buyon u bilan hamkorikda ishlamoqda va biz uning mahoratini butun dunyoga ko'rsatishda yordamimiz tegayotganidan faxrlanamiz.
Bu jang ertami-kechmi, baribir bo'lishi kerak edi. Muxlislar "Kanelo" haqiqiy qiyinchilikka duch keladigan jang ko'rishni xohlardi. Dmitriy uchun bu g'olib bo'lish ehtimoli yuqori bo'lgan oddiygina jang deyish noto'g'ri bo'lardi. Saul Alvares — dunyodagi eng yaxshi bokschi bo'lmasa-da, eng yaxshilar qatorida turuvchi bokschidir. Yaxshi bokschi esa xuddi o'zidek kuchlilar bilan jang qilishi kerak", - deya Ryabinskiyning so'zlarini keltiradi "Mir Boksa" axborot xizmati.
Fikrlar