27 apr 15:52
Yangiliklar
Futbol

Ryudiger 4-12 ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
"Real" himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya kubogi finalidan o'rin olgan "Barselona"ga (2:3) qarshi o'yindan keyin uzoq muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
U 4-12 ta o'yinda maydonga tusha olmasligi mumkin.
Nemis himoyachisi hakam Rikardo de Burgos Bengoechea o'yin so'nggida Kilian Mbappe hujumida fol qayd etganidan norozi bo'ldi. Zaxiraga olingan Ryudiger maydondagi hakamga tajovuz qilishga urindi, biroq jamoadoshlari uni to'xtatib qolishdi. SHundan so'ng u muz solingan idishni hakam tomonga uloqtirdi.
Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) reglamentiga ko‘ra, diskvalifikaciya Ispaniya chempionati o'yinlariga ham taalluqli. SHu tariqa, Ryudiger 11-may kuni bo'lib o'tadigan La liganing 35-turidan o‘rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
Havola :
Manba : AS
Fikrlar