So’nggi yangiliklar

13:57Статистикага кўра Хргович жанг тўхтатилган вақтда Итаумага ютқазаётганди 0 13:30Лео Месси тарихда иккинчи ўринга кўтарилиб oлди 0 12:58"Аспиналлни тезроқ октагонга қайтариш керак" - собиқ чемпион 0 12:34Жалолов билан жанг қилиши мумкинлиги айтилган Мурат Гассиев Тайсон Фьюрига қарши рингга чиқиши мумкин 0 12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0

06 may 18:28
Yangiliklar

Ryudiger "Real" mashg'ulotida Karrerasga qo'l ko'tardi

Teglar :  Real
"Real" Madridning mashg'ulotlaridan birida Antonio Ryudiger va Alvaro Karreras o'rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi.

SHu hafta Onda Cero jurnalisti Migel Serrano Ryudiger Karrerasning yuziga urgani haqida xabar berdi. Uning so'zlariga ko'ra, voqea aprel oyida madridliklarning "Alaves" va "Betis"ga qarshi o'yinlari oralig'ida sodir bo'lgan.

The Athletic nashri ham aprel oyida germaniyalik himoyachining jamoadoshlaridan biri bilan mojarosi kelib chiqqanini tasdiqlagandi. O'shanda Antonio uzr so'ragani va butun jamoani oilasi bilan birga tushlikka taklif qilgani aytilgan edi.

COPE jurnalisti Migel Anxel Dias esa Ryudiger Karrerasning yuziga urganini tasdiqladi, biroq bu voqea aprelda emas, balki fevralda — butun jamoa yig'ilgan kechki ovqatning ertasiga sodir bo'lganini takidladi.

Ispaniyalik futbolchi tarqalgan gap-so'zlarga munosabat bildirdi.

"So'nggi kunlarda men haqimda haqiqatga to'g'ri kelmaydigan turli ig'vo va sharhlar paydo bo'ldi. Mening ushbu klubga va men bilan birga ishlagan murabbiylarga bo'lgan sadoqatim birinchi kundan boshlab mustahkam bo'lgan va shunday bo'lib qoladi.

Qaytgan paytimdan beri doimo yuqori professionallik, hurmat va fidoyilik bilan ishlab kelmoqdaman. Uyga qaytish orzuimni amalga oshirish uchun juda ko'p mehnat qildim.

Jamoadoshim bilan bog'liq hodisaga to'xtaladigan bo'lsam, bu bir martalik va ahamiyatsiz holat bo'lib, u allaqachon hal qilingan. Mening butun jamoa bilan munosabatlarim juda yaxshi", – deb yozdi Karreras instagramdagi storisida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing