10 sen 12:46
Yangiliklar
Saida Mahmudova Farg'ona viloyatidagi sharoitlar bilan tanishdi
Safar davomida Farg'ona viloyatining Qo'qon, Quva, Rishton, Bag'dod, Quvasoy kabi hududlarda stol tennisi sport turini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, Qo'qon shahrida joylashgan 2-sonli Bolalar va o'smirlar sport maktabi (BO'SM)ning stol tennisi uchun yaratilgan shart sharoitlarni ko'zdan kechirdi.
Uchrashuv davomida Saida Mahmudova murabbiylar bilan hududda stol tennisini rivojlantirish borasidagi dolzarb muammolar yuzasidan o'zaro fikr almashishdi. SHundan so'ng federaciya rahbari yosh stol tennischilar uchun mahorat saboqlarini olib bordi. Hozirgi vaqtda Qo'qon shahridagi 2- sonli BO'SMda jami 150 nafarga yaqin qiz va bolalar stol tennisi bilan jiddiy ravishda shug'ullanib kelishmoqda.
Fikrlar