18 fev 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidjamshid Jafarov va Madiyar Saidrahimov Jahon terma jamoasi safida Rossiyadagi boks turnirida qatnashadi
23 fevral kuni Moskva shahridagi VTB Arenada Dinamo jamoasi va Jahon terma jamoasi o'rtasidagi xalqaro boks uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Musobaqa beshta vazn toifasida tashkil etiladi. Janglar uch raunddan iborat bo'lib, har bir raund uch daqiqa davom etadi.
Bu shunday formatdagi ikkinchi xalqaro uchrashuv bo'ladi. Birinchi turnir 2024 yil noyabr oyida o'tkazilgan bo'lib, etti jang yakunlariga ko'ra 6:1 hisobida «Dinamo» bokschilari g'alaba qozongan edi.
Ahamiyatlisi, musobaqada ikki hamyurtimiz — Saidjamshid Jafarov va Madiyar Saidrahimov ham ishtirok etadi.
75 kg vaznda: Egor SHapochanskiy (Rossiya, 1-0) – Saidjamshid Jafarov (O'zbekiston, 1-0);
92 kg vaznda: Ramazan Dadaev (Rossiya) – Madiyar Saidraximov (O'zbekiston, 3-0, 1 KO).
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar