26 avg 08:52
Yangiliklar

Saidyoqub Qahramonov Konor Makgregorga ajoyib tarzda taqlid qildi
Gap shundaki, Saidyoqub o'z jangidan bir kun oldin, raqibini uxlatib qo'yishi haqida tvit yozgandi. Jangdan so'ng, Qahramonov bir kun oldin yozgani singari raqibi Trevin Jonsni "giletin" uslubi bilan bo'g'gan holatda uxlatib qo'ydi.
SHundan so'ng esa, Saidyoqub bir kun oldin yozgan tvitiga javob o'laroq shunday fikr bildirdi: "Meni mistik (sehrli, oldindan bashorat qiluvchi) o'zbek deb atanglar. CHunki men bu narsalarni oldindan bashorat qilgandim".
Ko'pchilikka malumki, bu mashhur jumlalar Konor Makgregorga tegishli. Konor Dastin Porega qarshi birinchi jangdan oldin uni birinchi raundda nokaut qilishini bashorat qilgan va aynan shu ishni bajargandi.
"Men uni birinchi raundda nokaut qilaman degandim va xuddi shu ishni bajardim. Meni Mistik Mak deb atanglar, chunki men bu narsalarni oldindan bashorat qilgandim", - degan edi Konor.
Fikrlar