28 sen 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov Dushanbeda jang qiladi
MMA bo'yicha ACA Ligasi o'zining navbatdagi turnirini anons qildi.
30 oktyabr kuni Tojikiston poytaxti Dushanbeda aralash yakka kurash bo'yicha ACA turniri tashkil etiladi. Biz uchun ahamiyatlisi, mazkur musobaqada ikki nafar o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustalari — Saidyoqub Qahramonov va Xolmurod Nurmatov ham ishtirok etadi.
Turnirda Saidyoqub Qahramonov tojikistonlik Baxtovar Yunusov (11-1-1), Xolmurod Nurmatov esa boshqa bir tojik sportchisi — Emomahdi Orzuzoda (7-4) bilan jang qiladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar