09 apr 14:47
Yangiliklar

Saidyoqub Qahramonovning UFC`dagi navbatdagi jang sanasi va raqibi malum
Unga ko'ra, yurtdoshimiz 9 iyul kuni Ronni "The Heat" Lourensga qarshi oktagonga ko'tariladi. Amerikalik 29 yoshli Ronni 10 ta jang o'tkazgan bo'lib, 9 g'alaba va 1 mag'lubiyatga ega. Beshta jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgan.
Ronni Lourens UFC`dagi oxirgi jangini 12 fevral kuni UFC 271 turniri doirasida Mana Martinesga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra g'alaba qozongandi. Yodingizda bo'lsa, UFC 271 turnirining markaziy jangida Israel Adesanya ikkinchi bor Uittakerni mag'lub etib, o'z chempionlik kamarini himoya qilgandi. Ronni 5 ta g'alabali seriya qayd etib kelmoqda.
Eslatib o'tamiz, aslida Saidyoqub Qahramonov shu yilning 15 yanvar kuni Brayan Kellexerga qarshi oktagonga chiqishi lozim edi. Ammo, hamyurtimizda koronavirus aniqlangani bois, uning ishtirokidagi jang bekor qilingandi.
Fikrlar