09 avg 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Salidoni Lomachenko bilan jang uchun taklif qilingan gonorar qoniqtirmadi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Orlando Salidoni birinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko bilan jang uchun taklif qilingan gonorar qoniqtirmadi.
Meksikalik 35 yoshli bokschiga Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan
taklif etilgan gonorar summasi oshkor qilinmayapti. Agar bu jang o'tkazilmasa,
ukrainalik 28 yoshli bokschi birinchi engil vazn toifasida WBA (Super) yo'nalishi
chempioni panamalik 25 yoshli Xesreel Korrales yoki IBF chempioni 27 yoshli puertorikalik
Xose Pedrasaga qarshi ringga ko'tariladi.
Los Angeles Times nashri bergan xabarga ko'ra, Lomachenkoning keyingi jangi uchun taklif qilinadigan gonorar taxminan 850 ming dollardan 1 million dollargacha bo'ladi.
Havola :
Fikrlar