25 mar 09:28
Yangiliklar
Saloh "Liverpul"ni tekinga tark etadigan bo'ldi
Jurnalist Ben Jeykobsning xabar berishicha, misrlik hujumchi yozda erkin agent sifatida jamoadan ketadi.
Tomonlar 2027 yilgacha mo'ljallangan amaldagi shartnomani bekor qilish bo'yicha kelishib olishgan. Bu vaziyat xuddi 2024 yilda Yurgen Klopp bilan sodir bo'lgan holatni yodga soladi — o'shanda ham nemis mutaxassisi shartnomasi yakunlanishiga ikki yil qolganda klubni tark etgan edi.
Insayder Fabricio Romanoning takidlashicha, "Liverpul" rahbariyati Salohning Angliyada tarix yaratganini inobatga olib, uning faoliyatida yangi sahifa ochish istagini qo'llab-quvvatlagan va qo'yib yuborishga rozi bo'lgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Salohning o'zi ham muxlislar bilan xayrlashuv murojaatini elon qilgan edi.

Fikrlar