10 fev 08:39
Yangiliklar
Saloh uchun kosmik maosh! Saudiyaliklar "Misr qirolini" Ronalduning o'rniga tayyorlamoqda
"Mirror" nashrining xabariga ko'ra, Saudiya klublari 33 yoshli hujumchiga hozirgi maoshini uch barobarga oshirishni taklif qilmoqda.
Transfer tafsilotlari:
Agar Saloh taklifni qabul qilsa, uning haftalik maoshi 1,2 mln funt (1,38 mln evro) ga etadi.
Saudiyaliklar Salohni chempionatning asosiy yulduzi sifatida ko'rishmoqda. Bu ayniqsa Krishtianu Ronalduning yaqin orada ligani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlar fonida dolzarb bo'lib turibdi.
"Liverpul" sotishga tayyormi? Mersisaydliklar Salohni qo'yib yuborish orqali maosh jamg'armasini sezilarli darajada kamaytirish va katta transfer summasiga ega bo'lishni ko'zlashmoqda. Klub JCH-2026 boshlangunga qadar ushbu kelishuvni yakunlamoqchi.
Ronalduning ketishi va Salohning kelishi: Eslatib o'tamiz, 41 yoshli Ronaldu Saudiya investiciya fondi (PIF) boshqaruvidan norozi bo'lib, "Al Nasr" o'yinlarini boykot qilmoqda. U yozda MLS yoki Evropaga qaytishi kutilmoqda. Saloh esa aynan Krishning o'rnini bosishi kerak bo'lgan asosiy figuraga aylanadi.
Malumot uchun, Salohning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, u hozirda haftasiga 400 ming funt maosh olmoqda. "Transfermarkt" uni 30 mln evroga baholagan.
Fikrlar