22 may 08:33
Yangiliklar
Bolalar sporti
Samarqand viloyatidagi sport talim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Umid Rajabov Samarqand viloyatida xizmat safarida bo'lib, karantin davrida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Jumladan, xizmat safari davomida viloyatning Pastdarg'om tumani 2-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabi, Nurobod tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi, Kattaqo'rg'on tuman bolalar va o'smirlar sport maktabi, Kattaqo'rg'on shahar bolalar va o'smirlar sport maktabida hozirgi vaqtda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi va sport talim muassasalarida mahalla, ayniqsa yoshlar bilan ishlash borasida tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.
Qolaversa, karantin davrida hududda trenerlarning sportchilar bilan olib borayotgan onlayn mashg'ulotlari, bu borada nimalarga ahamiyat qaratish borasida o'zaro fikr almashildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar