So’nggi yangiliklar

21:03"Номзодлар турнири". Жавоҳир Синдаров Есипенкога қарши иккинчи ўйинини ўтказди 0 20:40Президент Шавкат Мирзиёев Ўзбекистонда спорт соҳасини янги босқичга олиб чиқиш бўйича видеоселектор йиғилиши ўтказди 0 20:00Қозоғистонда жанг санъати бўйича Осиё чемпионати ўтказилди 0 19:25Ўзбекистонда ноолимпия спорт турлари конфедерацияси ташкил этилади 0 19:02"Бу менинг оиламни боқмайди, мен катта чеклар учун UFCдаман" - Хамзат Чимаев 0 18:39"Катта хато". Жастин Гэтжи ва Топурия ўртасидаги жанг танқид қилинди 0 18:17АПЛ топ-клуби Зидан билан шартнома имзоламоқчи бўлган 0 17:50Тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи Осиё чемпионати финалига йўл олди 0 17:29Чимаев: "Узоқ танаффуслар? Менга фарқи йўқ — миллионлаб даромад топяпман" 0 17:07Илия Топурия икки камарни қўлга киритгандан кейин рақибларни қандай танлашини айтди 0 16:43Чимаев — замонавий жангчилар ҳақида: "Биз Майк Тайсон ва Муҳаммад Алидан жуда узоқдамиз" 0 16:20Хосе Мария Мендес бошқарувидаги Ўзбекистон футзал МТЖ илк йиғинини бошлади 0 15:50Ислам Махачев Топурия билан боғлиқ вазият бўйича барчасини ошкор қилди 0 15:22Россия Паралимпия Қўмитаси Осиёга ўтиши мумкин 0 14:57Муроджон Аҳмадалиевнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум бўлди 0

23 apr 07:23
Yangiliklar

Bolalar sporti

Samarqandda 5 ta sport inshooti qurish uchun 28 milliard so'm sarflanadi

Teglar :  Samarqand
Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev Samarqandga tashrifi chog'ida viloyat faollari bilan o'tkazilgan uchrashuvda Bosh vazir o'rinbosarlari va vazirlar, sektorlar rahbarlariga joriy yilda viloyatda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aholiga murojaat qilish topshirig'ini bergan edi.

Mazkur topshiriqqa binoan, Bosh vazir o'rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov hamda u kishi rahbarligidagi kompleks masullari turizm, sport va madaniyat sohalarini rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan press-hisobot taqdim etdi.

Tadbirda A.Abduhakimov bilan birga Madaniyat vaziri O.Nazarbekov, turizm va sport vazirining o'rinbosarlari, kinematografiya agentligi rahbariyati, viloyat hokimi tegishli o'rinbosarlari va boshqa mutasaddilar ishtirok etdi hamda Samarqand viloyatida o'z yo'nalishlarida amalga oshiriladigan ishlar haqida malumot berishdi.

– Davlatimiz rahbari oldimizga qo'ygan vazifalar hamda joylarda turizm, sport, madaniyat, kinematografiya sohalari bo'yicha olib borilgan o'rganishlar natijasiga ko'ra, ushbu sohalarni jadal rivojlantirish yuzasidan vazifalarni belgilab oldik, – dedi Bosh vazir o'rinbosari A.Abduhakimov. – Jumladan, turizm sohasida 2021 yilda mamlakatimiz hududidan Samarqandga 1,3 million nafar mahalliy, pandemiya bilan bog'liq vaziyat yaxshilanishiga qarab, 220 ming nafar xorijiy sayyohni jalb qilish orqali turizm sohasidagi 1 000ta ish o'rnini qayta tiklash, xorijiy aviatashuvchi kompaniyalarni “Samarqand aeroporti – O'zbekiston xalqaro turizm darvozasi” koncepciyasi asosida Samarqand xalqaro aeroportiga jalb qilish bo'yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi. SHuningdek, Umra+ dasturi bo'yicha xorijiy mamlakatlardan ziyoratchi turistlarni Samarqandga keng jalb etish bo'yicha bir qator dasturlar amalga oshiriladi.

Samarqand viloyatida zamonaviy turistik xizmatlarni yaratish imkonini beruvchi 8 ta mehmonxona, tematik xiyobonlar, dam olish va ko'ngilochar obektlar, hunarmandchilik markazi va suniy havzalar faoliyati yo'lga qo'yiladi. Maydoni 18 ming kv.m.ni tashkil etuvchi xalqaro kongress markazi va ko'rgazma majmualarini tashkil etish orqali Samarqand shahri MICE-tourism va xalqaro-siyosiy anjumanlar markaziga aylanadi. Ushbu markaz ishga tushirilgandan keyin qo'shimcha 2 mingta ish o'rni yaratiladi.

2020 yilda Samarqand tumanidagi Konigil qishlog'ida mamlakatimizda birinchi “Turizm qishlog'i” tashkil etilgan edi. Mazkur loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 7,1 gektar hududdan iborat 100 ga yaqin turistik obekt, xizmat ko'rsatish nuqtalari tashkil etish orqali 460 nafar ish o'rinlari yaratiladi.

Samarqand shahar Mirzo Bobur ko'chasida “Buyuk Ipak yo'li” muzeyini tashkil etish koncepciyasi ishlab chiqildi. Unda muzeyga kirgan har bir turist yurtimizning eng qadimgi davri, mamlakatimizning “Buyuk Ipak yo'li”da tutgan o'rni va ahamiyati bilan gologrammalar, 3D-modellashtirish, VR-tizimlar va boshqa zamonaviy texnologiyalar asosida jonli tanishish imkoniyatiga ega bo'ladi. Viloyatda o'tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro anjumanlarga puxta tayyorgarlik ko'rish doirasida shahar infratuzilmasi yaxshilanadi.

Prezidentimizning tegishli qarorlari doirasida ajratilgan 978,9 milliard so'm miqdoridagi mablag' hisobidan Samarqand shahrida 83,4 kilometr avtomobil yo'llarini “devordan devorgacha” tamoyili asosida kapital tamirlash, 100,3 kilometr elektr tarmoqlarini rekonstrukciya va modernizaciya qilish, 25 kilometr ichimlik suvi, 41,5 kilometr axborot kommunikaciyalari tarmoqlarini qurish, 14,1 km. gaz tarmoqlarini tortish ishlari amalga oshiriladi. 

Joriy yilga mo'ljallangan investiciya dasturi asosida 28 milliard so'm mablag' doirasida 5 ta sport inshootini yangidan qurish va kapital rekonstrukciya qilish ko'zda tutilgan. Jumladan, 154 o'ringa mo'ljallangan barcha qulayliklarga ega bo'lgan futbol akademiyasi quriladi. Byudjet hamda xususiy sektor mablag'lari hisobidan 60,4 milliard so'm mablag' hisobiga 181 ta sport inshooti va maydonchalari, xususan, 56 ta vorkaut, 33 ta stritbol, 32 ta badminton, 60 ta mini-futbol maydonlari tashkil etiladi.

Madaniyat vaziri O.Nazarbekovning qayd etishicha, viloyatdagi 90ta mahalla va 45 ta madaniyat markazlari bilan hamkorlikda “Mahallabay to'garaklar” loyihasi amalga oshirilib, 180ta to'garak ochiladi. 32 ta bolalar musiqa va sanat maktablari hamda 64 ta umumtalim maktablari o'rtasida hamkorlik o'rnatgan holda bittadan “Bolalar havaskorlik ansambllari” tuziladi.

Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda “Maktabda madaniyat markazi” loyihasi amalga oshiriladi. Samarqanddagi 11 ta oliy talim muassasasining har birida talabalar qiziqishidan kelib chiqqan holda musiqa ijrochiligi, ananaviy xonandalik va raqs sanati bo'yicha talabalar havaskorlik ansambllari ochiladi.

Tadbir davomida Bosh vazir o'rinbosari va masullar ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob berishdi.

Reyting:    

Fikrlar

   
23 apr 08:52:04
Mironsho Jabborov
Samarqandimiz bomba bolyaptida. Xursandman.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing