13 avg 11:01
Yangiliklar
Sambo
Sambo bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" o'tkaziladi
24-26 avgust kunlari Toshkent shahrida sambo bo'yicha yana bir musobaqa tashkil etiladi.
Aynan shu kunlari poytaxtimizdagi "Jar" sport majmuasida sambo bo'yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" o'tkaziladi.
Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan tashrif buyuradigan sambochilar sovrinli o'rinlar uchun kurash olib borishlari kutilmoqda.
Ushbu musobaqa orqali murabbiylar shtabi sportchilarimiz holatini yana bir marotaba sinovdan o'tkazib olish bilan birgalikda, terma jamoa uchun yangi nomlarni ham saralab olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar