26 avg 20:11
Yangiliklar
Sambo. "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining tantanali marosimi bo'lib o'tdi
Bugun "Jar" sport majmuasida musobaqaga bag'ishlangan tantanali marosim bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari, general-mayor Aziz Ikramov, O'zbekiston Turizm va sport vaziri o'rinbosari Avaz Karimov, Osiyo sambo uyushmasi prezidenti Alamjon Mullaev, O'zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov va boshqalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida so'zga chiqqan Aziz Ikromov, Bahodir Maxsitov va Avaz Karimov musobaqa ishtirokchilariga omad tilashdi va bellashuvlar yuqori saviyada tashkil etilganligini etirof etishdi.
O'zbekiston Respublikasi madhiyasidan so'ng Ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli xonandalari chiqishlari, sportchilarning ko'rgazmali namoyishlari bo'lib o'tdi. SHundan so'ng final bellashuvlariga start berildi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar