17 apr 15:52
Yangiliklar

Sambo. Samarqanddagi O'zbekiston chempionatida faxriylar bellashuvi
Yaxshi bilasiz, sportda faxriylar o'rtasida bellashuvlar kamdan-kam o'tkaziladi. Ammo samboda sport faxriylariga bu borada yoshlikni esga olish, o'z kuchlarini sinovdan o'tkazib olish uchun imkoniyatlar beriladi.
Ortda qolgan O'zbekiston chempionati ham faxriylarga etiborning isboti desak mubolag'a bo'lmaydi.
Qayd etish lozimki, Samarqanddagi O'zbekiston chempionati 7 ta yosh, 6 ta vazn toifasida o'tkazildi. Bahslarda umumiy hisobda 152 nafar faxriy sambochi kurash olib bordi.
Bahslar quyidagi yosh toifalarida tashkil etildi:
35-39 yosh, 40-44, 45-49, 50-54, 55-59, 60-64 hamda 65 yosh va undan kattalar.
Ular -64 kg, -71 kg, -79 kg, -88 kg, -98 kg va + 98 kg vazn toifalarida kurashishdi.
Musobaqa yakuniga ko'ra, g'olib va sovrindorlarga diplom hamda medallar taqdim etildi.
Fikrlar