06 avg 19:52
Yangiliklar
Sambo
Sambochilarimiz Qirg'izistondagi turnirni uchta medal bilan boshlashdi
Xabar berib o'tganimizdek, Qirg'izistonning Issiqko'l viloyatida sambo bo'yicha Vitaliy Gordeev xotirasiga bag'ishlangan 34-xalqaro turnir o'tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida birinchi kun bahslari tashkil etildi. Quvonarlisi, turnirning ilk kunida o'zbekistonlik sambochilar uchta medal qo'lga kiritishdi.
-58 kg vazn toifasida bahslarda qatnashgan Islom Xojiboev barcha raqiblarini mag'lubiyatga uchratgan holda, oltin medalni qo'lga kiritdi.
-88 kg vaznli Askarbek Avganov esa finalgacha etib bordi va yakunda kumush medalga ega chiqdi.
Qizlarimiz ichida yagona ishtirokchi hisoblangan Aynura O'rozalieva esa bronza medaliga sazovor bo'ldi.
O'zbekiston sambo associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : t.me/uzbekistan_sambo
Fikrlar