21 iyu 12:32
Yangiliklar
Boks/MMA

San-Antoniodagi UFC oqshomi yakunlandi
AQSHning San-Antonio shahrida aralash qoidalar bo'yicha UFC oqshomi bo'lib o'tdi.
UFC on ESPN 4 turnirining markaziy jangi engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Rafael dos Anos hamda Leon Edvards o'rtasida o'tkazildi. Jang to'liq davom etdi va Edvardsning 50-45, 49-46, 49-46 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Yana bir qiziqarli jang bor yo'g'i 12 soniya davom etdi. Uolt Xarris Aleksey Oleynikni tizza va chap qo'lda bergan kuchli zarbasi evaziga nokautga uchratdi. Referi jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Havola :
Fikrlar