14 noy 17:10
Yangiliklar
Futbol
Sanchoga Italiyaning katta klubi qiziqish bildirmoqda
Taniqli insayder Fabricio Romano Jeydon Sancho faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligini aytdi.
"Mendagi malumotlarga ko'ra, "Yuventus" yaqinda Jeydon Sancho bo'yicha kelishuv haqida malumot so'ragan. U yanvarda MYUni tark etmoqchi.
"Yuventus"dan qiziqish bor, faqat bu ijara bo'ladi va maoshning bir qismini "Manchester Yunayted" qoplaydi. Hozircha muzokaralar olib borilmayapti, chunki "Manchester Yunayted" ijaradan ko'ra sotib olish takliflarini kutmoqchi", – deya xabar berdi Fabricio Romano.
Eslatib o'tamiz, Jeydon Sancho sentyabr oyida Erik ten Hag bilan mojaro tufayli "Manchester Yunayted" asosiy jamoasidan chetlashtirilgan edi. Vinger uzr so'rashni istamadi, MYU rahbariyati ham u bilan xayrlashishga qarshi emas.
Havola :
Manba : twitter.com/FabrizioRomano
Fikrlar