25 okt 10:31
Yangiliklar
Futbol
Sandro Tonali 10 oyga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
"Nyukasl" futbolchisi Sandro Tonali stavkalarda ishtirok etgani uchun 10 oyga futboldan chetlatilishi mumkin.
"Sky Sport Italia" malumotiga ko'ra, "Nyukasl" huquqshunoslari Italiya futboli rahbarlari bilan futbolchining diskvalifikaciyasini qisqartirish borasida kelishuvga erishgan.
FIFA qoidalariga ko'ra, futbolchi aslida 3 yilga futboldan chetlatilishi kerak edi. Biroq tomonlar 10 oylik cheklov borasida kelishib olishdi. CHunki futbolchi tergovlar davomida "Milan"da o'ynab yurganida stavkalarda qatnashganini tan olgan va taftish ishlariga doimiy yordam bergan.
Yaqin 2 kun ichida Italiya FF tomonidan futbolchining 10 oyga futboldan chetlatilgani borasida malumot elon qilinadi. SHu orqali u Italiya Evro-2024ga yo'l olgan taqdirda, ushbu turnirda ishtirok eta olmaydi.
Havola :
Fikrlar