28 iyu 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Rahmonovning jangi bekor qilindimi?
Avvalroq, 28 iyun kuni professional bokschimiz Sanjar Rahmonov navbatdagi jangini o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Bokschimizning olamsport.com saytiga xabar berishicha, ushbu jang qoldirildi.
"Jang o'tkazilmaydigan bo'ldi. Sabab, raqibim komissiyadan o'ta olmadi. Bunday holatga ilk marotaba duch keldim. Avvallari boshqa bokschilar bilan bunday vaziyat yuzaga kelgani haqida eshitardim. Ammo, bu safar o'zimda shunday bo'ldi.
Tayyorgarlik davom etmoqda. Nasib qilsa, iyul oyida jang qilaman. Yaqin kunlarda jang sanasi, manzili va raqib nomi aniq bo'ladi", - dedi Sanjar Rahmonov saytimiz muhbiri bilan suhbatda.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar