06 mar 22:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Sanjar Tursunov Tokio-2020 yo'lidagi ilk jangini o'tkazdi
Xabar berganimizdek, shu kunlarda Iordaniyaning Amman shahrida boks bo'yicha licenzion turniri bo'lib o'tmoqda.
Hozirgina bugungi kun dasturida ringga chiqishi kerak bo'lgan so'nggi charm qo'lqop ustamiz o'z jangini yakunladi. -91 kg vazn toifasidagi bokschimiz Sanjar Tursunov iroqlik Tariq Muhammad Rabeahga qarshi jang o'tkazdi va yaqqol ustunlik bilan 5:0 (30:27, 30:27, 30:27, 30:27, 30:27) hisobida g'alaba qozondi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar