18 avg 10:52
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/130389_220.jpg)
Sanjar Tursunovni tabriklaymiz!
Bugun boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi Sanjar Tursunov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.
Malumot uchun, Tursunov 1998 yilning 18 avgustida Surxondaryo viloyatida tug'ilgan.
19 yoshida Gamburgda o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida yarim finalgacha etib borib, bronza medali sohibiga aylangan. 2019 yili Bangkokdagi Osiyo chempionatida kumush medalga ega chiqqan. SHu yil mart oyida Amman shahrida tashkil etilgan licenzion turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etib, Tokio Olimpiadasi licenziyasini qo'lga kiritgan.
Iqtidorli bokschimizni bugungi shukurona kuni bilan muborakbod etamiz. Unga faoliyati davomida muvaffaqiyatlar, sog'lik-salomatlik va chiroyli umr tilab qolamiz.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar