27 jan 11:50
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/27588_220.jpg)
Sanjar vazn o'lchash marosimida qatnashdi, ertaga jang+FOTO
Ertaga AQSHda faoliyat olib borayotgan professional bokschimiz Sanjarbek Rahmonov o'zining navbatdagi jangini o'tkazadi.
Ushbu jangda hamyurtimizga amerikalik Xaylon Uilyams raqiblik qiladi.
Ertangi to'qnashuv oldidan bokschilar ishtirokida vazn o'lchash marosimi o'tkazildi. Bokschilar vazn toifa meyorini bajardilar. Demak, ertaga bizni o'zbekistonlik professional bokschi ishtirokida yana bir qiziqarli to'qnashuv kutib turibdi.
Malumot uchun, Sanjar professional faoliyati davomida 10ta jang o'tkazib, shularning 9tasida g'alaba qozongan. Bitta jangda esa durang qayd etilgan.
AQSHlik bokschi esa bugungi kungacha 21ta jangda ringga chiqqan. SHulardan 16tasida Uilyamsning qo'li baland kelgan. To'rt marotaba esa u mag'lubiyatga uchragan. Yana bitta jangda durang natijani rasmiylashtirgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar