06 mar 18:28
Yangiliklar

Santos UFC turnirida Ankalaev bilan bo'ladigan jang haqida gapirdi
"Magomed Ankalaev juda kuchli jangchi ekanligini bilaman. Uning kuchli zarbasi bor, ham yuqori darajada kurasha oladi. Lekin men bunga tayyorman. Albatta, har bir raqib uchun har xil o'quv-mashg'ulot yig'inlari va tayyorgarlikning turli usullaridan foydalanaman. SHuning uchun har bir jangga boshqa jangchi bo'lib chiqaman.
Men Magomedni hayratda qoldirishga harakat qilaman. O'ylaymanki, g'alaba meni chempionlik unvoniga yanada yaqinlashtiradi va men bu poygaga qaytishga tayyorman", - deya Santocnig so'zlaridan iqtibos keltiradi Metaratings.
Aralash yakkakurashlarda Ankalaev hisobida 16 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Santosda esa 22 g'alaba va 9 mag'lubiyat bor. Ular o'rtasidagi jang 13 mart kuni o'tkaziladi.
Fikrlar